Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ishonch telefon»lariga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda, deb xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy sayti.

Xususan, «Ishonch telefon»lari orqali o‘tgan hafta davomida 143, shundan beshda yuridik va 138 nafar jismoniy shaxsning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.