BUGUN. Kun tarixida nimalar sodir bo‘lgan?

Dunyo miqyosida cheklangan resurslar muammosini hal qilish, arzon xom ashyolardan unumli foydalanish va atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida 1997 yil 15 noyabr – “Butunjahon qayta ishlash kuni” sifatida yil taqvimiga kiritilgan.
ShUNINGDEK UShBU SANADA…
Braziliyada “Respublika kuni”
Falastinda “Mustaqillik kuni”
Qozog‘istonda “Milliy valyuta kuni”
Yaponiyada “Siti-go-san” milliy bayrami nishonlanadi.
BUGUN TARIXDA NIMALAR SODIR BO‘LGAN?
1811 yil – Sank-Peterburgda kambag‘allar uchun Vasiylik kengashi ta’sis etildi.
1904 yil – Amerikalik King Kemp Jillett tomonidan kashf etilgan almashtiriladigan pichoqli ustarasi uchun patent berildi.
1964 yil – AQShning Nevada shtatida “Bonanza Airlines” kompaniyasiga qarashli “Fairchild F-27A” rusumli samolyotning halokati oqibatida bortdagi 29 kishi halok bo‘ldi.
1968 yil – Gresiyada shaxsiy erkinlikni cheklovi xususidagi modda kiritilgan yangi konstitutsiya kuchga kirdi.
1971 yil – “Intel” kompaniyasi o‘zining birinchi mikroprotsessorlarini sotuvga qo‘ydi.
1978 yil – Shri-Lankada “ Loftleidir HF” kompaniyasiga qarashli samolyot halokati oqibatida 183 kishi halok bo‘ldi.
2003 yil – Istanbuldagi terror harakati oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi.

 

O‘zA