Saylov – demokratiyaning muhim belgisi. O`zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga ega bo`lib, buhuq ular saylov jarayonida vujudga keladi.  Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o`zini – o`zi boshqarish organlarini saylov yo`li bilan shakllantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Chunki saylov huquqi orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etadilar.

Saylovlar  XX asrda ayniqsa rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi. Hozirgi paytda harqanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u  ma`lum xalqaro– huquqiy standartlarga mos kelishi zarur.

Saylov huquqi tushunchasi faol va passiv saylov huquqlariga bo`linadi. Faol saylov huquqi har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o`z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko`zdatutadi. Passiv saylov huquqi – bu saylanish huquqi bo`lib, nomzodning saylovchilar tomonidan e`tirof etiladigan kerakli kasbiy va aqliy fazilatlariga bog`liq jarayon.

Saylov huquqiga ega bo`lish uchun shaxs ma`lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmay otgan mamlakat fuqarolari bo`lishi kerak.

Saylov huquqining asosiy prinsiplari Konstitutsiyada, saylov to`g`risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yilgan. Xususan, bosh  qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning  32-moddasida:  “O`zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar”, – deya ta`kidlangan.

Hozirgi kundayam saylov huquqida  tub  islohotlar amalga oshirilmoqda.  Shular jumlasidan beshta qonunda ifodalangan normalarni mujassamlashtirgan  “Saylov kodeksi”ning qabul qilinishi alohida diqqatga sazovardir.

Xulosa qili baytganda, O`zbekiston Respublikasi taraqqiyoti bilan birgalik-da  saylov huquqi  ham  rivojlanib bormoqda. Demokratik jarayonlarni o`sib borishi natijasida hozirgi davrda saylov huquqi va qonunchiligi mantiqiy jihatdan sekin – asta ommaviy huquqning mustaqil tarmog`iga aylanib bormoqda.

 

M.Xalmenova ,

KDUning  yridika fakulteti talabasi