Partiyalarning tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha takliflari bormi?

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi muammolarga yechim topish bo‘yicha partiyalarda qanday taklif yoki dasturlar ishlab chiqilgani muhokama qilinmoqda.
Partiyalar mazkur mavzu bo‘yicha o‘z dasturlarini taqdim etdi.
O‘zLiDeP O‘zbekistonda xususiy kasalxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
photo5334757399686392878.jpg
O‘zbekiston ekologik harakati partiyasi kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish afzalligini bildirib, mamlakatda aholiga toza ichimlik suvini yetkazish bo‘yicha loyiha va takliflari borligini bildirdi.
“Fuqarolarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash orqali aholining sog‘lom bo‘lishiga erishamiz. Shu sababli infeksiyali kasalliklarga asosiy sabab bo‘luvchi holatlarning oldini olish va 2025 yilgacha 100 foiz aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash – bosh rejamiz“, deydi partiya vakili.
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi ijtimoiy dorixonalarni parlament nazoratiga qo‘yishni rejalashtirayotganini aytdi.
O‘zbekiston milliy tiklanish partiyasi xalq tabobatini rivojlantirish tarafdori ekanligini va tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish taklifini olg‘a surdi.
Adolat sotsial demokratik partiyasi tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni rejalashtirgan. Shuningdek, maktab va OTMlarda tibbiy xizmatni sifatli yo‘lga qo‘yish asosiy maqsadlaridan biri ekanligini ma’lum qildi.

 

O‘zA