MIB Nukusda chet el korxonasi foydasiga 45 ming AQSH dollarlik qarzdorlikni undirdi

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boʻlimi ish yurituviga Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor korxona hisobidan undiruvchi Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod shahri, Gagarin koʻchasida joylashgan “Farmkomplekt” MCHJ foydasiga 45 000 AQSH dollari miqdorida asosiy qarzi, 3647,49 AQSH dollari miqdorida shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jarima, 464 Rossiya rubli pochta xarajati va 36 541 rubli davlat boji undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi.
Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinib, bank hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganidan soʻng, qarzdordan 45 000 AQSH dollari miqdorida qarzdorligi undirilib, undiruvchi “Farmkomplekt” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazilgan va ijro hujjatining ijrosi toʻliq taʼminlangan.

 

OʻzA