Adliya vazirligi eng yaxshi huquq bilimdoniga “SPARK” sovg‘a qiladi

Adliya vazirligi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquq bilimdonlari” tanlovini o‘tkazadi.
Tanlov 1 noyabr kuni boshlanadi. 3 bosqichda bo‘lib o‘tadigan tanlov g‘oliblari Yangi yil bayrami arafasida e’lon qilinadi.
G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
1-o‘rin – “SPARK” avtomashinasi;
2-o‘rin – Malayziyaga 2 kishilik yo‘llanma;
3-o‘rin – iPhone 11 PRO.
Bundan tashqari, birinchi bosqich g‘olibiga alohida qimmatbaho sovg‘a ham beriladi.
Tanlov shartlari oddiy:
1. @huquqiyaxborot kanaliga belgilangan tartibda do‘stlaringizni qo‘shing.
2. Test savollariga javob bering.
3. Finalda ishtirok etib SPARK yutib oling.
Tanlovning 1-bosqichi shartlari bilan //bit.ly/2q49fFX manzili orqali to‘liq tanishing.
Eslatma: Oliy yuridik ma’lumotlilar, shuningdek adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlarining tanlovda ishtirok etishi taqiqlanadi.
P.S. Sovg‘alar uchun xarajatlar hamkorlar tomonidan qoplanadi.
Huquqni bilish foydali, bilimingiz bilan “SPARK” yuting!

O‘zA