Iqtidor va zukkolik tanlovi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun oʻtkazilayotgan tanlovning Nukus shahar bosqichida 14 yoshdan – 30 yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq iqtidorli qiz ishtirok etdi.
–Sanʼat yoʻnalishida ishtirok etdim. Bir necha yildan buyon hunarmandchilikning kashtachilik turi bilan shugʻullanaman. Qoraqalpoqcha qadimiy naqshlar bilan koʻk koʻylak, qizil jegde, kiymeshek milliy liboslariga bezak berish sevimli mashgʻulotim, – deydi tanlov ishtirokchisi Dilnoz Odilchayeva.
Tanlovning keyingi bosqichiga yoʻl olgan gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAYEV, OʻzA