MMA olamida “ajdar“ nomi bilan mashhur hamyurtimiz jahon chempioni boʻldi

Hamyurtimiz Azamat Nuftillayev Ukrainaning Vinnitsa shahrida universal jang boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, deya xabar bermoqda Sports.uz sayti 
Oʻzbek “ajdari“ nomi bilan mashhur boʻlgan sportchimiz ogʻir vazn toifasida finalda moldoviyalik Aleksandr Lyaxni magʻlubiyatga uchratdi va yakunda jahon chempioni nomiga sazovor boʻldi.
Maʼlumot uchun, Nuftillayev yarim finalda Ozarbayjonlik raqibini magʻlubiyatga uchratgan edi.
photo_2019-10-26_22-28-45.jpg

 

OʻzA