Aholi haq-huquqlari ko‘proq qaysi sohada buzilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qaysi tashkilot yoki soha vakillari xizmatidan iste’molchilar norozi bo‘lmoqda. 
Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkilotga kelib tushgan arznomalarni tahlil qildi hamda murojaatlar soniga ko‘ra, iste’molchilar norozi bo‘layotgan tashkilotni aniqladi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p norozilik 3294 ta murojaat (39,4 foiz) savdo sohasi bo‘yicha bildirilgan.
Elektr ta’minotiga esa 1098 ta murojaat (13,1 foiz) kelib tushgan. Gaz ta’minoti ham ko‘pchilikni qoniqtirmaganini 710 ta murojaatning (8.5 foiz) o‘zi aytib turibdi.
Keyingi o‘rindagi 356 ta (4,3foiz) murojaat ham kommunal xizmatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Mazkur sohalar orasida tezlikni oshirishni doim va’da qilib keluvchi internet ham bor.
Internet xizmati bo‘yicha Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga 255 ta murojaat (3.0 foiz) kelib tushgan.
Sog‘liq saqlash bo‘yicha murojaatlar salmog‘i ham anchagina bo‘lib, ular 633 ta, ya’ni 7.6 foizni tashkil qilmoqda.

 

O‘zA