Nukusda zamonaviy kino-konsert zali ish boshladi

Nukus shahri markazidagi ushbu inshoot 585 o‘ringa mo‘ljallangan kino konsert zaliga ega ob’ektda 11 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.
–Deyarli 60 yillik tarixga ega jamoamiz xalqimizning milliy madaniyati hamda san’atini nafaqat mamlakatimizda, balki ko‘plab xorijiy davlatlarda namoyish etib kelmoqda, –deydi “Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli direktori Ayapbergan Allaniyazov. – Yangi kino-konsert zalining foydalanishga topshirilishi soha xodimlarini va ixlosmandlarini quvontirib, yangi ijodiy yutuqlarga ruhlantirmoqda. Kelajakda bu yerda turli bayram tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy kino-konsert zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ishtirokchilarga san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA