1 noyabrdan alkogol mahsulotlari narxlari oshishi kutilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, alkogol mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilangan:

Sotilayotgan tovarning nomi Ishlab chiqaruvchi

korxonalarning eng kam ulgurji sotish narxi

Eng kam chakana narx
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida 8 600 10 200
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida 31 000 36 600
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida 22 000 26 000

Loyihaga ko‘ra, qaror 2019 yil 1 noyabrdan kuchga kirishi belgilangan.

 

O‘zA