O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi

O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Prezident universitetini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, Prezident universiteti —
xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim va ilm-fan markaziga aylanadi. Shuningdek, Prezident universitetida ta’limga kredit-moduli tizimi joriy qilinadi.
Agentlikda matbuot anjumani davom etmoqda.

 

O‘zA