O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

MDHning Ashxobod sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieyov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.
 
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Hukumatlararo va idoralararo darajada o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Xalqaro siyosat va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

 

O’zA