Saylovlar bo‘yicha savolingiz bormi?

Joriy yilning 22 dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Tabiiyki saylovlar bo‘yicha aholida turlicha savollar bo‘lishi mumkin. Shu sababli markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida 14-oktabr sanasidan telefon qo‘ng‘irog‘i markazi (Call center) ish boshlaydi.
Call center dushanbadan jumaga qadar, soat 09:00 dan 18:00 gacha murojaatchilarning savollariga javob beradi. Markaz raqamlari 11-97.
Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor qo‘ng‘iroq markazini tashkil etishdan maqsad, fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javob berish va shu bilan birga saylovchilarning fikr va mulohazalarni o‘rganishdir.

 

O‘zA