OB-HAVO MA’LUMOTI: yurtimiz hududiga salqin havo oqimi kirib kelmoqda

“O‘zgidromed” markazidan xabar berishlaricha, bugun Volgabo‘yidan g‘arbiy Qozoqiston orqali yurtimiz hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib kelmoqda.
Tekislik hududlarda avvalgidek, quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kunduzgi harorat mamlakatimizning katta qismida 2-3 darajaga pasayib, shu davr uchun xos bo‘lgan har yilgi me’yorlarga yaqinlashadi.
Dam olish kunlari yurtimiz aholisini iliq va quruq ob-havo kutmoqda. Bu kunlarda respublikamizga Turkmaniston hududlaridan chiqqan iliq havo kiradi. Termometr ustunchasi kunduzi 24-27 darajagacha ko‘tariladi.
Kelayotgan hafta dushanba kuni navbatdagi havo oqimi kirishi bilan yurtimizning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyatida havo o‘zgarishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, uning tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin. Kunduzgi harorat 18-23 darajagacha pasayadi.

 

107
O‘zA