Yangi ta’sis etilgan Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni kimlarga beriladi?

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Oliy darajali “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama qilindi. 
Qonun Oliy darajali “Do‘stlik” ordenini ta’sis etishni, Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni to‘g‘risida nizomni tasdiqlashni, shuningdek “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 5 ta moddadan iborat.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan qardosh xalqlar o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uyg‘unlashtirishdagi, xar tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni ko‘krakning ung tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi. Shuningdek, mazkur orden bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash Qonunchilik palatasi Spikerining, Senat Raisining va Bosh vazirning taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alarini oladi.
Senatorlar qonunni ma’qulladi.

 

N.Nasriev, O‘zA