Yevropada mamlakatimizning turli sohalardagi imkoniyatlari namoyish qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Yevropaning qator davlatlarida yurtimizning turli sohalardagi imkoniyatlarini targʻib qilish maqsadida uchrashuv, qabul va madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlar Niderlandiyaning Gaaga shahrida, Lyuksemburg gersogligida, Yevropa Parlamentida, Belgiyaning poytaxti Bryusselda tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi D.Hakimov, Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo boʻyicha delegatsiya raisi F.Martishelli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi D.Qurbaniyazov, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili P.Burman soʻz olib, tadbirning tashkil etilishi bilan tabrikladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Orolboʻyining bugungi rivojlanish bosqichlari, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sayyohlik salohiyati toʻgʻrisida taqdimot qilindi.
Boʻlib oʻtgan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi xodimlari oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari va raqslari bilan yigʻilganlarda katta taassurotlar qoldirdi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA