O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari 23-noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi.