Oltin va kumush tangalarning sentyabr oyidan amalda boʻladigan narxlari eʼlon qilindi

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019-yil 1-sentyabrdan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.
Unga koʻra:
1 ta oltin tanga narxi – 14 700 000 soʻm;
1 ta kumush tanga narxi – 344 000 soʻmni tashkil etdi.
Esdalik tangalarning har birini ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib oʻtamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

 

OʻzA