Endi bankka 5 kunga pul qoʻyib ham daromad koʻrish mumkin

Xalq banki Sizning diqqatingizga yangi “Aynan siz uchun” nomli jamgʻarma omonatini havola etadi!
Xalq banki Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan bayram tuhfasi sifatida “Aynan siz uchun” nomli milliy valyutadagi jamgʻarma omonatini taklif qiladi.
Omonatning eng kam miqdori 100 000 soʻm.
Omonat muddati Siz uchun qulay boʻlib, oʻzingiz istagan muddatga – xohlasangiz 5 kunga, xohlasangiz 95 kunga, boʻsh pul mablagʻlaringizni joylashtirishingiz mumkin.
Jumladan,
5, 10, 15, 20, 25 va 30 kunga yillik 16%;
35, 40, 45, 50, 55, 60 va 65 kunga yillik 18%;
70, 75, 80, 85, 90 va 95 kunga yillik 20%.
Mablagʻlar jismoniy shaxslardan naqd yoki naqdsiz shaklda, shuningdek, “Xalq Mobile” ilovasi orqali “Onlayn” rejimida ham qabul qilinadi.
Mablagʻingizni ishonchli va daromadli omonatlarga joylashtiring va daromadga ega boʻling!
Xalq banki – Sizning oilangiz banki!

 

OʻzA