Toʻyga toʻyona: Nukusda yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi

Nukus shahridagi “Qumbiz ovul” mahalla fuqarolar yigʻinida mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida 5 qavatli 450 xonadonli 10 ta uy-joy foydalanishga topshirildi.
– Mazkur uy-joydan 6 xonadon ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 6 nafar ayolga berildi, – deydi Nukus shahri hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gulsara Abibullayeva. – Mazkur uy-joylarning boshlangʻich badallari Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan toʻlab berildi.
Oʻtgan yil mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, jumladan, nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan uy-joyga muhtoj 145 nafar ayolga turar joy berilgan.
Shunday qilib, 450 xonadon istiqlolimiz bayramini yangi uy-joylarda nishonlamoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA