Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentning koʻrsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish koʻzda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va toʻrtta minora qurish, yoʻldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obyektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.
3.jpg

Shavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur oʻylab loyihalashtirish, xorij tajribasini oʻrganib, ziyoratchilarga yanada koʻp qulaylik yaratish zarurligini taʼkidladi.4.jpg

Majmuadagi ishlar mamlakatimizda ilm-maʼrifatni rivojlantirish, dinga eʼtiqod qiluvchilarga erkinlik va sharoit yaratish borasida navbatdagi xayrli qadam boʻladi.

5.jpg
6.jpg
7.jpg
9.jpg
10.jpg
11.jpg

12.jpg

 

O’zA