Uzcard bo‘yicha yangi mobil ilova ishga tushdi

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ tovar va xizmatlar uchun masofadan turib naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan Uzcard mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilovaga jarimalar Uzcard onlayn ma’lumotlardan xabardor bo‘lish hamda ularni onlayn tarzda to‘lash imkonini beradigan “Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabarlari” xizmati ham kiritilgan.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJdan olingan ma’lumotga ko‘ra, yangi ilova kommunal, internet, mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni va soliqlarni masofadan turib amalga oshirish kabi ko‘plab funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
MyUzcard ilovasi qator innovatsion ishlanmalar bo‘yicha qulaydir. Masalan, bunda plastik kartadan boshqa kartaga pul o‘tkazish uchun pulni qabul qiluvchining karta raqamini bilishi shart emas. Pullarni ilovada mavjud bo‘lgan @username va QR-kod orqali o‘tkazsa ham bo‘ladi.
Ilova o‘ziga xos interfeys va funksiyalarga ega. Foydalanuvchilar ilova dizaynini, bezagini o‘zlari o‘zgartirishi mumkin, kerakli vidjetlar va asosiy ekranni qo‘yish imkoni taqdim etilgan.
Ilovaning “To‘lovlar tarixi” funksiyasi orqali shaxsiy mablag‘larni yanada samarali boshqarish va mamlakatimizda amalda bo‘lgan valyutalar kursini kuzatib borish xizmati taklif etiladi.
MyUzcard ilovasi Uzcard kartalari bilan birga Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga ham xizmat ko‘rsatadi. Ushbu servisdan mobil ilovalar hamda Telegram-bot sayti orqali foydalanish mumkin.
Ayni paytda MyUzcard ilovasini App Store va Google Play tizimidan yuklab olish mumkin.

 

Roman BONDARChUK, O‘zA