Chernogoriyada yopiq binolarda tamaki chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi

14 avgustdan Chernogoriyada yopiq binolar, jumladan, kafe va restoranlarda tamaki chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Milliy televidenie xabariga ko‘ra, Parlament mazkur qonunni 31 iyulda mamlakatda kashandalikdan saratonga chalinish miqdori oshgani tufayli qabul qilgandi.
Hujjatga ko‘ra, bunday joylarda chekkanlar 20 ming yevro jarima to‘laydi. Sog‘liqni saqlash vaziri Kenan Xrapovichga ko‘ra, 622 ming aholisi bo‘lgan davlatda har yili 400 kishi o‘pka saratoniga chalinmoqda, bir bemorni davolash esa davlatga 70 ming yevroga tushadi.

 

O‘zA