Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga tasdiqlandi

Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Shahnoza Mirziyoyeva bosh boshqarma boshligʻi sifatida 2019-yil 1-avgustdan ish boshlagan. Bundan avval u mehnat qilgan boshqarma ikki yoʻnalishga ajratilgani aytildi.
Shahnoza Mirziyoyeva vazirlik tizimida Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Vazirlar Mahkamasining 1-avgust kungi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hayʼati aʼzolarining soni oʻn bir kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:
1. Shin Agrepina Vasilyevna ― Vazir
2. Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich ― Vazirning birinchi oʻrinbosari
3. Mamatqulov Shodiyor Abduvaxidovich ― Vazir oʻrinbosari
4. Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ― Vazir oʻrinbosari
5. Mirziyoyeva Shaxnoza Shavkatovna ― Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshligʻi
6. Ten Yelena Gerasimovna ― Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
7. Olimov Qahramon Tanzilovich ― Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
8. Yusupov Abdukahhor Djumanovich ― Kadrlar boshqarmasi boshligʻi
9. Normatov Dilshod Xabibullayevich ― Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi
10. Eshpulatov Komiljon Abdusalomovich ― Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori
11. Usnatdinova Jumagul Sharapovna ― Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri.

 

OʻzA