Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha: ota-onalar diqqatiga!

Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha: ota-onalar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq, Toshkent shahridagi 81 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga (asosiy kvota boʻyicha) oʻquvchilarni qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilmoqda. 
Umumtaʼlim muassasalari mikrohududiga kirmagan, shuningdek joriy yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga toʻlmagan bolalarni qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish 1-avgustdan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
Hozirda, ota-onalarning fikr-mulohazalari va takliflaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 469-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan.
Shunga koʻra, umumtaʼlim muassasalarining 1-sinfiga qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish mazkur qaror loyihasi qabul qilinganidan keyin amalga oshirilishi maʼlum qilinadi.
Davlat xizmatlari agentligi 
Toshkent shahar boshqarmasi

 

OʻzA

  31.07.2019, 16:03  |    127 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!