Shavkat Mirziyoyev Belarusga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Belarusga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Minsk shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston – Belarus muloqotining davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif asnosida Prezidentlar Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.
Muzokaralar yakunida Prezidentlar Qoʻshma bayonot imzolashi, Oʻzbekiston bilan Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, hududlararo toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qaror toptirish va rivojlantirishga zamin yasaydigan qator hujjatlar qabul qilinishi moʻljallanmoqda.

 

OʻzA

  31.07.2019, 15:27  |    125 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!