Xitoyliklar Marsni tadqiq qilish loyihasini amalga oshirmoqchi

Xitoy Oyni va koinotni butun insoniyat manfaatlarini koʻzlab tadqiq qilmoqchi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin maʼlumot bergan.
“Oyni tadqiq qilish – muhim bosqich. Puxta reja asosida oʻzimiz uchungina emas, dunyo manfaati uchun harakat qilishimiz kerak”, dedi u.
TASS xabariga koʻra, Oyga inson qadami yetganiga ellik yildan oshganini eslatib, bu tadqiqotlarni davom ettirish zarurati mavjudligini aytgan. Bundan tashqari, xitoyliklar 2020-2025-yillarda Marsni tadqiq qilish loyihasini ham amalga oshirmoqchi.

 

OʻzA