Hindiston sharqiy hududlarida yuz bergan bu yilgi mavsumiy suv toshqinlari oqibatida 8 million aholi jabrlangan. Halok boʻlganlar soni 106 taga yetgan. Bixar shtatidagi 12 ta okrug suv ostida qolgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xabariga koʻra, Kongo davlatida tarqalgan Ebola virusi epidemiyasi insoniyat tarixidagi xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb eʼtirof etilmoqda. Tashkilot tomonidan hududda virusni tarqalish miqyosini qisqartirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2018-yilning iyul oyidan hududda Ebola virusi tarqala boshlagan. Joriy yilning shu davriga qadar virus bilan kasallanganlar soni 2512 taga yetgan. Ulardan 700 nafari tibbiy muolajalar taʼsirida sogʻayishga erishgan. 1676 nafari kasallik oqibatida vafot etgan.
Amerika mustaqilligi kuni munosabati bilan mamlakat Prezidenti Donald Tramp xalq oldida nutq soʻzladi. Vashington. Linkoln yodgorligi atrofi.

 

Z.MIRZABOYEVA, OʻzA