Prezident XAEA rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Meri Elis Xeyvordga agentlik bosh direktori Yukiya Amanoning vafot etgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi. Davlatimiz rahbari marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

O’zA