Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019-yilning Prezident maktablariga 22-24-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi.
Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini taʼminlash maqsadida imtihonlarning video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.
Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari oʻtkazilishi moʻljallangan binolarda veb-kameralar oʻrnatilgan, ular oʻz navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini koʻrsatadi.
Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini taʼminlaydi. Koʻpgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablagʻlari tejaladi.

 

OʻzA