Bugun tug‘ilgan kun

11 iyul
O‘zbekiston Qahramoni, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Gayratdin Xodjaniyazov 1948 yil 11 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan.
U 1972 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.
G.Xojaniyazov arxeologiya sohasida qator izlanishlar olib borgan, shuningdek, bu sohadagi ko‘plab kitob va monografiyalar muallifi. Uning 130dan ortiq ilmiy maqolalari arxeologiya, qadimgi Xorazmning o‘rta asr tarixi fortifikatsiyasi, o‘lkaning diniy-ijtimoiy yodgorliklari, etnoarxeologiya va boshqa masalalarga qaratilganligi bilan ahamiyatli.
Gayratdin Xodjaniyazov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va tarixi yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati raisi sifatida xizmat qilgan, shuningdek, atoqli insonlarning toponomik nomlari ob’ektlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiya a’zosi bo‘lgan.
Uning ilmiy izlanishlari natijalari, maqolalari nafaqat mamlakatimiz, balki Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya, Fransiya, Angliya va Avstraliya nashrlarida ham chop etib kelinmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!

 

O‘zA