O‘qlar ovozi va yakson bo‘lgan nishonlar: zenitchilar o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi (foto+video)

O‘qlar ovozi va yakson bo‘lgan nishonlar: zenitchilar o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi (foto+video)

Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining zenit batareyasi shartli dushmanning yer usti nishonlarini yakson qilish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, garnizonning cho‘l va qumli poligonida jazirama issiq va qum bo‘ronlarining esishiga qaramay harbiy xizmatchilar shartli dushmanning zirhli texnikalarini birma-bir yakson etdi.
IMG_0420.JPG
IMG_0474.JPG
Katta leytenant Farrux Yo‘lchiev boshchiligidagi zenitchilar divizioni harbiy okrugdagi eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Muddatli harbiy xizmatchilar bu kabi amaliy mashg‘ulotlarda ikkinchi bor qatnashayotganiga qaramay, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tuzib chiqdi va nishonlarni aniq yakson qildi.
Shu bilan birga, poligonda Xorazm viloyati quruqlikdagi qo‘shinlarining Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari o‘rtasida “Eng yaxshi mutaxassis” tanlovi birinchi bosqichining “Eng yaxshi olib yuriluvchi raketa zent qurilmasi mutaxassisi” va “Eng yaxshi zenit qurilmasi hisobi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Leytenant Abdulatif Abduxalilov boshchiligidagi ZRQ hisobi birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi – okrug bosqichiga yo‘llanma oldi.
IMG_0487.JPG
IMG_0525.JPG
Zenitchilar jismoniy tayyorgarlik, nazariy bilim va qurilmani amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilishi kabi normativlarni ham toshirib, shundan so‘ng shartli dushmanning yer usti nishonlariga qarata o‘q uzdi.

 

O‘zA

  05.07.2019, 16:09  |    156 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!