Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim Telegram kanallarda bir necha kishi oʻgʻrilikda gumonlanayotgan shaxslarni “samosud” qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu hodisa Toshkent shahridagi Qoʻyliq bozorida sodir boʻlgan.
“Yana bir samosud. Qoʻyliq bozorida erkaklar oʻzganing mashinasi ochgan oʻgʻrilarni ushlab oldi. Xalq oʻgʻrilarni voqea joyida ushlagan va kaltaklagan”, deydi foydalanuvchilardan biri.
Huquq-tartibot organlari hozircha mazkur hodisa boʻyicha izoh bermagan. Mazkur holat videosi qachon olingani ham nomaʼlum, deyiladi kun.uzning bu haqdagi xabarida.

 

OʻzA