90 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtdoshimiz Ne’mat Yoqubov finalga qadar barcha janglarda g‘alaba qozonib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Istam Qudratov, Hakimjon Ismoilov va Tolmas To‘qliyev chempionatning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA