Bugundan OTM oʻqituvchilari maoshi oshadi

2019-yil 1-iyuldan OTM oʻqituvchilari maoshi oshadi.
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi hamda byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari oshirilgan miqdorlarda toʻlanadi, deyiladi “Huquqiy axborot” kanalining bu haqdagi eslatmasida.

 

OʻzA