Tanzila Norboyeva Senat Raisi etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Majlisda tashkiliy masala ko‘rildi.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 86-moddasiga muvofiq Senat Raisi lavozimiga Norboyeva Tanzila Kamolovna nomzodini taqdim etdi.
Senatorlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

 

O‘zA