Kelajakda ish haftasi toʻrt kunlik boʻlishi mumkin

“Kelajakda ish haftasi toʻrt kunlik boʻlishi mumkin”, dedi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Jenevadagi Xalqaro mehnat anjumanidagi maʼruzasida.
“Ish beruvchilar borgan sari oʻz xodimlari manfaatini himoya qilishga majbur boʻladi. Ijtimoiy mehnat shartnomasi toʻrt kunlik ish haftasiga asoslanishi tabiiy hol boʻlishi mumkin”, dedi u. Medvedev yuz yil avval Genri Ford ish haftasini 48 soatdan 40 soatga tushirib, samarali ishlab chiqarishga erishganini eslatgan. Bu haqda REGNUM xabar beradi.

 

OʻzA