Bugun tug‘ilgan kun

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad 1920 yil 10 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
10 iyun
Said Ahmad Toshkent rassomchilik bilim yurti hamda Toshkent pedagogika institutida o‘qigan. Ijodkorning dastlabki hikoyalar to‘plami 1940 yilda chop etilgan.
“Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi” hajviy to‘plamlarini o‘quvchilar yaxshi biladi 2000 yilda 3 jildlik “Tanlangan asarlar”i chop etildi.
Said Ahmad ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kuyov” komediyalarida bu yorqin namoyon bo‘lgan.
U “Do‘stlik”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan ham mukofotlangan.
El sevgan ijodkor Said Ahmad 2007 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!

 

O‘zA