Samimiy qutlovlar

Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sogʻlik va muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, quyidagilar Shavkat Mirziyoyev nomiga oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi
Quvayt Davlati Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Oʻmon Sultoni Qobus bin Said
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
Jibuti Respublikasi Prezidenti Ismoil Umar Gelle
Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

 

OʻzA

  07.06.2019, 16:28  |    46 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!