Vladimir Putin Qur’on o‘qish foydali ekani haqida gapirdi

“Bolalarning Bibliya, Tavrot va Qur’onni o‘qishi ularga faqat foydali bo‘ladi”, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida jahon ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan uchrashuvda.
“Interfaks” xabariga ko‘ra, bolalar qaysi kitoblarni o‘qib ulg‘aygani ma’qul, degan savolga javob bera turib, Putin: “Muqaddas kitoblar bolalarga ham, qizlarga ham birdek foydali, ular bunda o‘qiganiga amal qilsa, dunyo yanada tinchroq bo‘ladi”, deb ta’kidlagan.

 

O‘zA