Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi

Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida Rossiya Federatsiyasining “Silovыye mashinы” kompaniyasining bosh direktori Temur Lipatov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Tomonlar investitsion loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildi. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha koʻp qirrali hamkorlik izchil rivojlanayotganini taʼkidladi. Oʻz navbatida “Silovыye mashinы” kompaniyasining rahbari ham birgalikda loyihalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari koʻpligi, ularni toʻliq ishga solishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini qayd etdi.
Bugungi kunda Rossiyaning “Silovыye mashinы” kompaniyasi global energomashinalar qurilishi sanoati boʻyicha jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya issiqlik, atom va gidrostansiyalar uchun asbob-uskunalarni loyihalashtirish, tayyorlash va yetkazish, ularning montaj ishlari, oʻrnatilishini tashkil etish tajribasiga ega.
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai boʻlgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Soʻnggi yillarda mamlakatimizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi. Bu esa sanoat va kommunal korxonalari, qishloq xoʻjaligi va hududlarda aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini kafolatli qoplashni, mamlakatimizdagi organik yoqilgʻi zaxiralaridan oqilona foydalanish va ularni tejashni taʼminlaydi.
3.jpg
5.jpg
6.jpg
7.jpg

 

Abdulaziz MUSAYEV, OʻzA

  01.06.2019, 10:48  |    126 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!