Ruxsatsiz tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) uchun jarima miqdori keskin oshirildi

O‘zbekistonda tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynali transport vositalaridan ruxsatsiz foydalanganlik uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi.
Bazaviy hisoblash
Xususan,
«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek, haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, –
• eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
• eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar oynalari texnik reglamentga nomuvofiq ko‘zgusimon va (yoki) qoraytirilgan transport vositalaridan foydalanish – EKIHning bir baravari miqdorida jarimaga solinar edi.

 

O‘zA