MIB qoraqalpogʻistonlik fermerning 110 mln. so’mdan ortiq qarzini undirib berdi

MIB qoraqalpogʻistonlik fermerning 110 mln. so'mdan ortiq qarzini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻ¬iston Respublikasi boshqarmasi Beruniy tuman boʻlimiga Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining “Beruniy paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatidan daʼvogar “Chinor Madina” fermer xoʻjaligi foydasiga 112,6 mln. soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ijro qilish uchun kelib tushgan.
Davlat ijrochisining olib borilgan sayi harakatlar natijasida sud qarorining ijrosi taʼminlandi hamda fermer xoʻjaligiga qarzdorlik undirilib berildi.
Xususan, ijro ish yurituvi qoʻzgʻatilib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan va ixtiyoriy ravishda qarorning ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik muddat berilgan.
Belgilangan muddatda sud qarorining ijrosi taʼminlanmaganligi sababli, qarzdor “Beruniy paxta tozalash” AJga qarashli qishloq vrachlik punkti eski binosi tegishli tartibda xatlovga olinib, baholash tashkiloti tomonidan ushbu koʻchmas mulk obyekti 110 mln. 729 ming soʻmga baxolangan hamda elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyilgan.
Natijada, sotuvdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan daʼvogar “Chinor Madina” fermer xoʻjaligi hisob raqamiga 112 mln. 683 ming soʻm oʻtkazildi.

 

OʻzA

  15.04.2019, 15:07  |    52 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!