Qozogʻiston Prezidenti Toshkentga keldi

Qozogʻiston Prezidenti Toshkentga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
2.jpg
Tantanali kutib olish marosimidan soʻng Qozogʻiston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.
Avval xabar berilganidek, davlat rahbarlari Qosim-Jomart Toqayevning Qozogʻiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan soʻng ilk bor uchrashadilar.
Tor va kengaytirilgan tarkibda oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi.
Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi koʻzda tutilgan.
Prezidentlar qoʻshni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan Oʻzbekiston yilining mantiqiy davomi boʻladigan Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar.
3.jpg
4.jpg
5.jpg
6.jpg

 

OʻzA

  15.04.2019, 08:34  |    51 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!