Darxan Satibaldi: Mazkur yil oʻzaro munosabatlarimizni yangi bosqichga koʻtaradigan yil sifatida qardosh xalqlarimiz yodida muhrlanib qoladi

Darxan Satibaldi: Mazkur yil oʻzaro munosabatlarimizni yangi bosqichga koʻtaradigan yil sifatida qardosh xalqlarimiz yodida muhrlanib qoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha qator xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Ular orasida Qozogʻiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagan Darxan Satibaldi ham bor.
Tantanali marosim doirasida elchi OʻzA muxbiri bilan suhbatda oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
– Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yaqin va doʻstona aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Soʻnggi bir necha yillik raqamlarga nazar tashlasak, mamlakatlarimiz tovar aylanmasi hajmini 3 milliard AQSH dollariga yetkazishga erishildi. 2020 yilga kelib bu koʻrsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz va bu borada faol ish olib borilmoqda.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu davlatimiz rahbarining ilk xorijiy safarlaridan boʻlib, mamlakatlarimiz munosabatlari nechogʻli yaqinligidan dalolat beradi. Tashrif doirasida Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimi oʻtkaziladi. Oʻylaymanki, mazkur yil ham oʻzaro munosabatlarimizni yangi bosqichga koʻtaradigan yil sifatida qardosh xalqlarimiz yodida muhrlanib qoladi.

 

OʻzA

  15.04.2019, 08:09  |    42 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!