10 aprel: Bugun tarixda nimalar ro‘y bergan?

10 aprel: Bugun tarixda nimalar ro‘y bergan?

10 aprel – O‘zbek adabiyotining yirik nomoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun. Bu yil adib tavalludining 125 yilligi nishonlanadi. 
 
Shuningdek, ushbu sana AQShda “Aka-singil, opa-ukalar kuni” (National Siblings Day), Ozarbayjonda “Quruvchilar kuni” sifatida yil taqvimida muhrlangan.
10 aprel sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealari 
1841 yil. “New York Tribune” gazetasining ilk soni chop etildi.
 
1972 yil. “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risida” gi Konvensiya imzolandi.
2010 yil. Varshava—Smolensk yo‘nalishida harakatlanayotgan, bortida Polsha prezident delegatsiyasi bo‘lgan Tu-154M samolyoti halokati oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi.
2016 yil. Hindistondagi Puttingal ibodatxonasida yuz bergan kuchli yong‘inda 110 kishi halok bo‘ldi.

 

O‘zA

  10.04.2019, 10:20  |    61 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!