Ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlagan yosh qiz qutqarib qolindi

Ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlagan yosh qiz qutqarib qolindi

Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahrida o‘tkinchilar Sirdaryo ustidagi ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlagan yosh qizni o‘limdan qutqarib qoldi.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi shahar shtabining xabar qilishicha, qizning o‘z joniga qasd qilishga urinishi 4 aprel kuni ertalab yuz berdi. «19 yoshli Ochabibi Fayzulloeva ko‘prikdan o‘zini suvga tashladi. Uning ortidan hodisa guvohi bo‘lgan bir necha o‘tkinchi ham o‘zlarini suvga otdi. Qutqaruvchilar kelgunga qadar ular qizni sohilga olib chiqdi», – deydi FV va FM shtabi xodimi Akmal Sanginov.
Ochabibi Fayzulloeva mahalliy shifoxonaga olib borildi. Ma’lum bo‘lishicha, Asht tumanida tug‘ilgan 19 yoshli qiz Xo‘janddagi oliy ta’lim dargohlaridan birining talabasidir. Qizning nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani aniqlanmoqda. O‘z joniga qasd qilgan qizni qutqarib qolgan qahramonlarning ism-sharifi hozircha aniq emas. Tarmoqqa joylashtirilgan videoda ikki yigitning ko‘prikdan sakraganligi va ma’lum vaqtdan keyin qizni qirg‘oqqa olib chiqqani ko‘rinib turibdi. Yetib kelgan qutqaruvchilar qirg‘oqda jabrdiyda qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.
Yaqinda So‘g‘d viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili 244 nafar aholi – 138 erkak va 106 ayol o‘z joniga qasd qilishga uringan. Tojikistonda har yili yuzlab ayollar o‘z joniga qasd qilishga urinadi. Buning asosiy sababi oilaviy mojaro va uydagi zo‘ravonliklardir.

 

O‘zA

  09.04.2019, 14:20  |    9 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!