“ – Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, ayniqsa, joylardagi hokimlar va mansabdorlarni ogohlantirib aytmoqchiman: tadbirkorga madad berish o‘rniga uning yo‘liga to‘siq qo‘yish – bu Prezident siyosatiga qarshi chiqish, deb baholanadi va shunga yarasha chora ko‘riladi, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida.

– Barchamiz bir haqiqatni tushunib olishimiz shart: tadbirkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlari avvalo yoshlarga xos fazilat hisoblanadi. Demak, tadbirkorlikka yo‘l ochish – avvalambor yoshlarga, kelajakka yo‘l ochish demakdir.

Qaysi rahbar shuni to‘g‘ri tushunsa, albatta u boshqarayotgan tarmoqda, hududda samara, natija bo‘ladi. Kim buni tushunmasa, yaxshisi, u o‘z o‘rnini bo‘shatib qo‘ygani ma’qul. Chunki nafaqat yoshlar, balki zamon ham endi bunday rahbarlarni qabul qilmaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.