Isroil bosh vaziri Vladimir Putin bilan uchrashadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu payshanba kuni Rossiyaga amaliy tashrif bilan kelib, Moskvada Prezident Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, deyiladi Isroil davlati rahbari matbuot xizmati xabarida.
Uchrashuvdagi asosiy mavzu ikki davlatning Suriyadagi harbiy harakatlarda tasodifan to‘qnashmasligi yuzasidan tegishli sa’y-harakatlar tizimini shakllantirishdan iborat.
Tashrif Isroildagi parlamentga saylovlar arafasida bo‘lishi bilan ahamiyatli bo‘ladi.

 

O‘zA